Topografik s’yomka nimalardan iborat?

Yangiliklar

Topografik s’yomka ko’p hollarda kerak bo’ladi, lekin ko’pincha — qurilish ishlarini olib borish uchun. Hujjat s’yomka natijalari asosida yaratiladi, va o’z vaqtida tekshiruv tufayli kelajakda qurilishdagi noxush vaziyatlardan xalos bo’lasiz.

Toshkentda topografik ishlarni buyurtma qilishdan oldin shuni tushunish muhim: bu uch bosqichdan iborat mashaqqatli ish.

1-bosqich. Tayyorgarlik

S’yomka ishlarini o’tkazishga ruxsat olish (havodan s’yomka talab qilinishi mumkin) yoki arxiv ma’lumotlarini olish.

2-bosqich. Hududni razvedka qilish

Mavjud kommunikatsiyalar tekshiriladi. Aks holda qazish ishlarida ekskavator cho’michi bilan kommunikatsiya quvurlariga tegib, xavfli vaziyat yuzaga kelish xavfi bor.

3-bosqich. Kameral ishlov berish va kelishish

Olingan ma’lumotlar rejaga tushiriladi, davlat idoralarida kelishuv o’tkaziladi. Shundan so’ng hujjatlar to’plami bilan to’ldirilgan texnik hisobot tuziladi.

Toshkentda toposʼyomka professional uskunalarsiz mumkin emas, va faqat tajribali mutaxassislar butun jarayonni muvaffaqiyatli o’tkaza oladi. Havaskorlardan ehtiyot bo’ling: past narx evaziga ular rejani qo’pol xatolar bilan tuzishi mumkin, bu esa kelajakda moliyaviy yo’qotishlarga olib keladi.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy maydonlar belgilangan *

Многостраничный сайт — MXMEDIA