GEO PRO (GEO PRO brendi) — butun O‘zbekiston bo‘ylab qurilish uchun muhandislik-geodeziya, geologiya va gidrogeologiya izlanishlari markazidir.
Zamonaviy shaharsozlik va infratuzilma loyihalarida aniq o‘lchovlar va ishonchli geologik ma’lumotlarsiz mustahkam poydevor yaratib bo‘lmaydi. Ushbu sahifada GEO PRO kompaniya haqida, bizning imkoniyatlarimiz va bajariladigan muhandislik-qidiruv xizmatlari haqida to‘liq ma’lumot berilgan. Faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlari — keng qamrovli topografik-geodeziya ishlari, hududning topografik s’yomkasi, poydevor osti qatlamlarini aniqlovchi muhandislik-geologiya izlanishlari hamda gruntlar va tog‘ jinslarining laboratoriya tadqiqotlari hisoblanadi. Shuningdek, loyihalash jarayonlari uchun atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risida bayonot (AMTB / ZVOS) ishlab chiqish, 0,4–500 kV havo va kabel elektr uzatish tarmoqlari (EUL loyihalash), karyerlarda geologik-qidiruv ishlari (GQI) hamda chuqur qazish va to‘kish hajmini aniqlovchi yer ishlari hajmini hisoblash xizmatlarini professional darajada bajaramiz. Dala o‘lchovlari O‘zbekiston davlat standartlari (GOST) hamda ASTM xalqaro standartlari talablariga to‘liq javob beruvchi yuqori aniqlikdagi uskunalar: ko‘p chastotali GNSS / GPS stansiyalari, elektron taxeometrlar, lazerli nivelirlar va zamonaviy burg‘ulash qurilmalari yordamida o‘tkaziladi. Kameral ishlov berish jarayonida esa eng so‘nggi dasturiy ta’minotlar yordamida relyefning raqamli 3D modeli (ЦМР), masshtabli topografik planlar (AutoCAD, DWG, PDF) hamda davlat ekspertizasi talablariga to‘liq mos keluvchi rasmiy texnik hisobotlar tayyorlanadi. Bizning akkreditatsiyalangan laboratoriyamiz tuproq, tog‘ jinslari va yer osti suvlari namunalarini fizik-mexanik hamda kimyoviy sinovlardan o‘tkazib, poydevorning mustahkamligi va uzoq muddatga xizmat qilishini kafolatlovchi xulosalarni taqdim etadi.GEO PRO kompaniya haqida va bizning ustunliklarimiz
Sifat, aniqlik va tezkorlik
Barcha geodezik va geologik o‘lchovlarni belgilangan texnik me’yorlar va shaharsozlik qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, eng qisqa muddatlarda, yuqori mas’uliyat va xatosiz bajaramiz.Shaffof va moslashuvchan narxlar
Har bir mijozning vazifasi va obyekt ko‘lamiga moslashtirilgan ochiq tijoriy taklif hamda smeta tizimi. Yashirin to‘lovlar, asossiz ustamalar va ortiqcha xarajatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.Barcha bosqichlarda to‘liq izlanishlar
Loyihaoldi topografiya va poydevor geologiyasidan tortib, qurilish davomidagi muhandislik monitoringi, oraliq nazorat va obyektni foydalanishga topshirishgacha to‘liq professional hamrohlik qilamiz.Tasdiqlash va davlat ekspertizasi
Biz tomonidan tayyorlangan texnik hisobotlar, muhandislik xulosalari va AMTB hujjatlarining davlat arxitektura, geologiya hamda ekologik ekspertizalaridan birinchi urinishdayoq ijobiy o‘tishini ta’minlaymiz.O‘zbek, rus va ingliz tillaridagi hisobotlar
Xalqaro investorlar va mahalliy buyurtmachilarning talabiga asosan barcha hisobotlar, jadvallar, grafik chizmalar va 3D modellarni GOST hamda ASTM formatlarida 3 tilda mukammal taqdim etamiz.Individual yondashuv va o‘z laboratoriyamiz
Har bir uchastkaning seysmik darajasi, murakkab gidrogeologik sharoiti va buyurtmachi maqsadlariga to‘liq mos keluvchi individual muhandislik-konstruktiv yechimlarni ishlab chiqamiz.Dala ishlari, burg‘ilash va laboratoriya
Kimlarga yordam beramiz
Bizning asosiy auditoriyamiz — yer resurslaridan foydalanuvchi, loyihalash va qurilish jarayonlarini amalga oshiruvchi barcha soha vakillaridir. Ushbu kompaniya haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lgan buyurtmachilarimiz safida yirik qurilish korxonalari, arxitektura va loyihalash byurolari, sanoat hamda agrar sektor vakillaridan tortib jismoniy shaxslargacha mavjud.
Litsenziyalar va sertifikatlar
Kompaniya amaldagi davlat litsenziyalari, akkreditatsiya va rasmiy ruxsatnomalar asosida faoliyat yuritadi. Hujjatni to‘liq hajmda ochish va tanishish uchun uning ustiga bosing.

Тасдиқнома: геодезия и картография

Лицензия: проектирование, строительство и эксплуатация объектов повышенной опасности

Лицензия: инженерные изыскания и проектная документация (NUR PROJECT TOPOGRAPHY)

